Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:57
telegram
Toshkentda GES qurilishi uchun Pskom daryosi to'sib qo'yildi

 25 NOYABR, 16:20 13

.

Poytaxtdan 120 km uzoqlikda barpo etilayotgan GES O'zbekistondagi yirik inshootlardan biriga, Chorvoq GESdan keyingi ikkinchi ob'ektga aylanadi.

⚡️Pskom GESining quvvati 400 MVt bo'ladi, yiliga 950 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Uning to'g'oni mamlakatdagi eng baland - 195 metr bo'ladi.

?Loyihaga 788 mln $ sarflash rejalashtirgan. VEB.RF qurilish uchun 75 mln $ kredit ajratdi.

O'zbekistonlik mutaxassislar rossiyalik hamkasblari bilan birgalikda dastlabki geologiya ishlarini olib borishdi. GES 2026 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!