Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 00:57
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
Toshkent “CHellenjer”. Istomin 2 190 dollar ishlab oldi


Poytaxtimizda o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda bugun yarim final uchrashuvlari o'tkaziladi. Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi, turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qilgan Denis Istomin kecha yarim final chiptasi uchun kechgan bahsda kanadalik Feliks Aliassim Ojega 6:7(4), 3:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 

Toshkent “CHelenjer” turnirining chorak finalida mag'lubiyatga uchragan Istomin 15 reyting ochkosi hamda 2 190 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritdi. Denisning o'tgan yili ushbu turnirda yarim finalga qadar etib kelib, bo'lajak chempion ispaniyalik Gilermo Garsiya Lopesga yutqazgandi. Demak, dushanba kuni elon qilinadigan reytingda Istomin hozirgi o'rnini pasaytirib oladi. Ayni paytda u 87-o'rinni band etgan.

« Xabarlarga qaytish
@chiroylicom Sport xabarlarni telegramdagi kanalidan o'qish uchun Bu Yerni bosing @Olam_Sport