Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 23:54
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
Indira O'lmasova: "Navbatdagi maqsadim - Tokio 2020 Olimpiadasiga licenziya qo'lga ki


Xabar berib o'tganimizdek, Buenos-Ayresdagi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida gimnastikachimiz Indira O'lmasova mikst bahslarida bronza medali sohibasiga aylandi.

Milliy olimpiya qo'mitasi Matbuot va Media departamenti ushbu muvaffaqiyatdan so'ng sportchi va uning murabbiyi bilan qisqa suhbat tashkil etdi."Mikst musobaqalari qurasidan xursand bo'ldim. CHunki, Oksana CHusovitina jamoasi safida ishtirok etish men uchun juda yoqimli bo'ldi. Ahir u afsonaviy sportchimiz. CHiqish davomida albatta qiyinchiliklar bo'ldi. Masalan, men mashqlarni yiqilishlarsiz o'tkazishni maqsad qilgandim. Bu amalga oshdi. O'smirlar Olimpiya o'yinlari men uchun o'ziga xos maktab bo'ldi. Boshqa sportchilarning ishtirokini ham kuzatdim, sovrindor bo'la oldim. Endi mashg'ulotlarni yanada kuchaytiraman. Mahoratimni toblab, Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga licenziya qo'lga kiritmoqchiman", - dedi O'lmasova.O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, o'zbek sportiga Oksana CHusovitindek gimnastika afsonasini tayyorlab bergan mutaxassis, Argentinadagi Olimpiadada Indira O'lmasovaga murabbiylik qilayotgan Svetlana Kuznecova esa shogirdi oldiga qanday vazifa qo'ygani haqida gapirdi."Osiyo chempionatida ishtirok etib, licenziya qo'lga kiritish Indira uchun haqiqiy muvaffaqiyat bo'lgandi. Keyin esa u Argentinadagi musobaqada chiqishni eplay olish-olmasligi borasida tortishuvlar, bahs-munozaralar yuzaga keldi. Indira o'z maqsadi sari dadil intildi. Biz musobaqada asosiy etiborni barqarorlikka qaratgandik. Men uning oldiga barcha mashqlarni yiqilishlarsiz amalga oshirish vazifasini qo'ydim. To'g'ri, u xatoga yo'l qo'ydi, lekin yiqilib tushmadi. Osiyo chempionatini hisobga olmaganda, bu uning dastlabki yirik xalqaro musobaqasidir.SHuni aytishim mumkinki, O'lmasova yosh bo'lishiga qaramay tahlil qila oladi va yangi mashqlarni bajarishga tayyor. Oldimizga katta maqsadlarni qo'yganmiz. Men shunday mashg'ulotlar o'tkazishni istaymanki, ular Olimpiada chempionlari bo'lishsin.Mikstdagi ishtirok haqida gapiradigan bo'lsam, biz Oksana CHusovitina jamoasiga tushib, medalsiz qayta olmasdik. Ahir Oksana doimo medallar qo'lga kiritadi", - dedi Svetlana Kuznecova.

« Xabarlarga qaytish
@chiroylicom Sport xabarlarni telegramdagi kanalidan o'qish uchun Bu Yerni bosing @Olam_Sport