Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 23:53
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
O'zbekiston uchun navbatdagi medal: Eng yosh sportchimizda bronza!


Xabar berganimizdek, Argentinada o'smirlar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlari davom etmoqda.

Bugun musobaqa doirasidagi gimnastika bo'yicha mikst musobaqalari o'tkazildi va quvonarlisi, bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasining eng yosh sportchisi Indira O'lmasova (14 yosh) ham ishtirok etdi va bronza medali sohibasiga aylandi.

Bahslarda jahon gimnastikasi afsonalari sharafiga nomlangan jamoalar ishtirok etishdi. Etiborlisi, Indira O'lmasova qura natijalariga ko'ra o'zbekistonlik afsona – Oksana CHusovitina sharafiga nom olgan jamoa safida bellashuvlarda qatnashdi. Ushbu bahslarda sportchilar aralash juftlik, trampolin, badiiy gimnastika, sport gimnastikasi bo'yicha kurash olib borishdi. 

Indira bilan birgalikda «Oksana CHusovitina» jamoasi safida AQSH, Buyuk Britaniya, Misr, Gvatemala, SHveciya, Avstraliya, Yaponiya, Germaniya, Argentina hamda Greciyadan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etishdi. Indira musobaqa davomida tayanib sakrash, brus, xodadagi va erkin mashqlar bo'yicha chiqish qildi.

Musobaqada birinchi o'rinni «Simona Baylz» jamoasi egalladi. Ikkinchi o'rindan «Maks Uitlok» jamoasi vakillari joy olishdi. «Oksana CHusovitina» jamoasi esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

« Xabarlarga qaytish
@chiroylicom Sport xabarlarni telegramdagi kanalidan o'qish uchun Bu Yerni bosing @Olam_Sport