Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 12:57
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
» Million guruhi konserti (HD)
Qilichbozlik. Iordaniyadagi musobaqada to'rtta medaldan uchtasi O'zbekistonda!


Iordaniyaning Amman shahrida qilichbozlik bo'yicha Osiyo kadet cikli doirasidagi navbatdagi musobaqa bo'lib o'tdi.

Bu safargi musobaqada qitamizning to'rtta mamlakatidan 24 nafar sportchi ishtirok etdi. Unda o'zbekistonlik yosh qilichbozlar ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi.Quvonarlisi, sablya bo'yicha bellashuvlarda ishtirok etgan to'rt nafar sportchimizning uch nafari sovrindorlar qatoridan joy oldi.CHorak final doirasida kechgan bahslarda SHerzod Mamutov BAA vakilini, Jaloliddin Dushamboev quvaytlik raqibini, Bobur Rasulov iordaniyalik sportchini mag'lubiyatga uchratishdi. Yarim finaldagi "o'zbek derbisi"da Jaloliddin Dushamboev SHerzod Mamutovni mag'lubiyatga uchratib finalga yo'l oldi. Bobur Rasulov esa quvaytlik Muhammad Alfadhliga imkoniyatni boy berdi. Oltin medal uchun kechgan bahsda Quvayt terma jamoasi azosi Muhammad Alfadhli Jaloliddin Dushamboevni mag'lubiyatga uchratdi.SHu tariqa, Iordaniyadagi Osiyo kadet cikli musobaqasida Jaloliddin Dushamboev kumush, SHerzod Mamutov va Bobur Rasulovlar bronza medalini qo'lga kiritdilar.Eslatib o'tamiz, iyul oyida Xitoyning Usi shahrida o'tkazilgan Osiyo kadet cikli bahslarida sportchilarimiz Pazil Genjabaev oltin, SHerzod Mamutov esa kumush medalga sazovor bo'lgandi.

« Xabarlarga qaytish
@chiroylicom Sport xabarlarni telegramdagi kanalidan o'qish uchun Bu Yerni bosing @Olam_Sport