Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:55
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Rossiyaga qarshi sanktsiyalardan amerikaliklarning o'zi jabr ko'rdi(mi)?

 13 OKTYABR, 19:20 17

.

Amerikaning Rossiya energetika sohasiga qarshi sanktsiyalari bundan amerikaliklarning o'zi jabr ko'rishiga olib keldi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti. “Amerikaliklar bizning energetika sohamizga qarshi sanktsiya qo'llashdi. Nimaga erishishdi? “Exxon Mobil” foydali shartnomadan chiqdi, qo'shma loyihalardagi ishtirokini to'xtadi, Uzoq Sharqdagi bittadan tashqari... Hech kim hech narsa yutmadi. Gaz narxi osmonga ko'tarildi. Neft bozorida amerikaliklarning o'zi jabr ko'rayotgan vaziyat ro'y berdi. Natija nafaqat nolga teng – u salbiy”, - dedi Putin “Rossiya energetika haftasi” forumi chiqish qilayotib. Shu bilan birga Rossiya etakchisi oxir-oqibat bunday siyosat samarasiz ekanligini anglab etishlariga umid bildirdi. “Va biz asta-sekin munosabatlarimizni qayta tiklay olamiz”, - deya qo'shimcha qildi Putin.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™