Xayirli kech, Guest!
Soat: 21:51
telegram
Rossiyadan O'zbekistonga birinchi “Agroekspress” poezdi etib keldi

 25 NOYABR, 16:40 19

.

Poezd Toshkentga muzlatilgan parranda go'shti partiyasini etkazib berdi. Tajriba sifatida konteynerlar partiyasi chegara va bojxona tartib-qoidalaridan o'tishni, marshrut bo'ylab tovarlar xavfsizligi sifatini sinovdan o'tkazish imkonini berdi hamda keyingi qatnovlargacha yuklarni etkazib berish jarayonini soddalashtirish va takomillashtirish imkoniyatlarini ko'rsatdi.

Mamlakatlar o'rtasida “Agroekspress”ning barcha texnologik va nazorat masalalari ishlab chiqilgandan so'ng ular muntazam va to'laqonli bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Agroekspress” maxsus poezdlari orqali O'zbekiston go'sht va un evaziga Rossiyaga meva-sabzavot jo'natishi haqida xabar bergan edik . Loyihaga Qozog'iston ham qo'shilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!