Xayirli tun, Guest!
Soat: 05:07
Home
Login
Tavsiya qilamiz
Butsa.net - Futbol yangiliklari
Maydon.net - Sport yangiliklari
Rossiyada O'zbekiston shaftolisiga taqiq qo'yildi

14 SENTYABR, 23:10 14

.

Rossiyada O'zbekistondan import qilingan shaftolilarga ta'qiq qo'yilgani aytilmoqda. Bu haqida “Rosselxoznadzor” ning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, 6 sentyabr kuni tashkilotning Orenburg boshqarmasidagi vaqtinchalik saqlash omborida mutaxassislar tekshiruv o'tkazishgan. O'rganishlar natijasida O'zbekistondan keltirilgan 1,89 tonna shaftoli patriyasida tirik shaftoli qurtlari (Grapholita molesta) – mavjudligi aniqlangan.

Xabarda ta'kidlanishicha, karantin to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq mevalarni olib kirishga ta'qiq qo'yilgan va aybdorlar Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy Kodeksining 10.2-moddasiga binoan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™