Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:57
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Rossiya iqtisodiyotda hech qanday quroldan foydalanmaydi – Putin

 13 OKTYABR, 18:35 8

.

Rossiya hech qanday quroldan foydalanmaydi, iqtisodiyotda esa bu umuman istisno qilinadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildi. Rossiya rahbari chorshanba kuni “Rossiya energetika haftasi” forumining yalpi majlisida ishtirok etdi. Yalpi majlis moderatori, CNBC boshlovchisi Xedli Gembl Vladimir Putinga Rossiya energiyadan qurol sifatida foydalanadimi degan savol bilan yuzlandi. “Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, Rossiya umuman hech qanday quroldan foydalanmaydi”, - deya javob berdi Putin. Uning so'zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan. “Qaerda biz quroldan foydalanyapmiz? Qaysi mojarolarda ishtirok etyapmiz? Iqtisodiyotga to'xtaladigan bo'lsak, bu umuman istisno qilinadi”, - deb qo'shimcha qildi Rossiya rahbari.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™