Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 09:01
Bosh sahifaga
Kirish
Tavsiya qilamiz
Butsa.net - Futbol yangiliklari
Maydon.net - Sport yangiliklari
"Yolg'on, yolg'on, yolg'on". UzAuto Motors xalqni aldayaptimi?

8 APREL, 01:05 12

.

Hozirgina UzAuto Motors mashinalar narxi oshgani borasida bayonot bergandi va bu bayonot saytimizda e'lon qilindi. Buni qarangki, bu bayonotda bir nechta yolg'onlar bor. Bu haqda bankiroff telegram kanali yozmoqda. 

"Yolg'on, yolg'on, yolg'on!

1 AQSh dollari 2019 yil 1 oktyabrda 9 446,65 so'mni tashkil etgan. 2021 yil 31 mart holatiga 1 AQSh dollari 10 474,98 so'mdan iborat bo'lgan. Bu davrda dollar kursi so'mga nisbatan 10,88%ga oshgan. Monopolist O'zavtomotors ta'kidlayotganidek kurs 30%ga oshmagan.

1 AQSh dollarining Koreya voniga nisbatan qiymati 2019 yil 1 oktyabrdan 2021 yil 31 martga qadar 1201,86dan 1133,66gacha o'zgargan. Yoki boshqacha aytganda, Koreya voni AQSh dollariga nisbatan O'zavtomotors ta'kidlayotganidek, 10-15% emas, 6%ga mustahkamlangan.

O'zavtomotors yo o'zbekistonliklarning istalgan yolg'onni aytsa ishonib ketadigan laqma va savodsiz, deb hisoblaydi yoki raqobatdan holi kompaniya oddiy arifmetikani ham yoddan ko'tarish darajasigacha degradatsiyaga uchragan.

Ha aytganday, O'zbekiston qonunlariga tupurib qo'yib, bir so'm boj to'lanmay Xitoydan olib kelib sotilayotgan yangilangan Tracker eskisidan ming dollardan ortiq komplektatsiyaga ega bo'ldimi? Equinox avtomobilida RS komplektatsiyasida yangilanishi to'rt yarim ming dollarga tushmoqdami? Balki bu erda ham yolg'onchi kalkulyatsiyaga chaqib ko'rarsizlar?

P.S. Monopoliyat mafkurasi shunchalar buzilganki, kurs o'zgarishiga muvofiq avtomashinalar narxi mutanosib ravishda oshmasligi haqida hatto tasavvurlar o'lib bo'lgan. Kurs o'zgarishlariga qaramay, ochiq bozorda narxlarni raqobat va xarajatlarni maqbullashtirishga urinishlar tiyib turishini hazm etmaydi", deya yozadi manba.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™