Xayirli tun, Guest!
Soat: 22:09
telegram
"Kalmar o'yini"ni mamlakatga olib kirgan Shimoliy Koreya fuqarosi qatl etildi

 25 NOYABR, 14:25 21

.

Shimoliy Koreyada “Kalmar o'yini” serialini noqonuniy yo'l bilan sotib olgan etti nafar o'quvchi qamoqqa olindi. Serialni qonunga xilof ravishda mamlakat hududiga olib kirgan va uni maktab o'quvchilariga sotgan savdogar esa o'lim jazosiga hukm qilingan. Bu haqda xabardor.uz yozmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, erkak fleshkaga yozilgan “Kalmar o'yini” serialini boshqalarga ham tarqatgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo'lga olingan maktab o'quvchilari serialni kimdan olganlarini oshkor qilishgan. Serial yozilgan fleshkani sotib olgan o'quvchiga butun umrlik qamoq jazosi berilgan bo'lsa, qolgan o'quvchilarning har biri 5 yilga “kesilgan”. Serialni sotgan fuqaro esa qatl qilingan.

Eslatib o'tamiz, 2021 yildan boshlab Shimoliy Koreya hukumati tomonidan G'arb mamlakatlari va Janubiy Koreyadan mamlakat hududiga filmlar, shou hamda seriallarni olib kirish taqiqlangan. Sanab o'tilgan videomateriallarni tomosha qilish, saqlash va tarqatish uchun o'lim jazosi belgilangan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!