Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:54
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Qozog'istonda terrorizm uchun o'lim jazosi bekor qilindi

 13 OKTYABR, 22:25 6

.

Qozog'iston parlamenti urush davrida o'ta og'ir jinoyat sodir etgan fuqarolarga o'lim jazosini qo'llashni nazarda tutuvchi Jinoyat kodeksiga tuzatishni birinchi o'qishda ma'qulladi. Bu haqda bugun, 13 oktyabr kuni Orda.kz portali xabar bermoqda. O'lim jazosi Jinoyat kodeksining to'rt moddasida qoldirilgan.

«Bularga amaldagi Jinoyat kodeksiga binoan, agressiv urush ochish, ommaviy qirg'in qurollarini ishlatish, harbiy asirlarni va tinch fuqarolarni o'ldirish, urush qoidalarining buzilishi, shuningdek urush paytida sodir etilgan genotsid kiradi», degan Bosh prokuror o'rinbosari Aset Shindaliev.

Bu davlat va fuqarolarning himoyasini zaiflashtiradimi, degan savolga amaldor, o'lim jazosi bilan terrorchini to'xtatish mumkin emas, deb javob bergan.

«Terakt sodir etganda, u o'z hayotini xavf ostiga qo'yadi. Shuning uchun davlat tomonidan kompleks chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Terrorizmga qarshi kurash dasturi qabul qilindi, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bu jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qoladi - bu juda og'ir jazo. Bunday jinoyatlar qotillik uchun o'lim jazosi bekor qilinganidan keyin 2-3 barobar ko'p bo'lgan», degan Bosh prokuror o'rinbosari.

2003 yilda Qozog'iston Prezidenti muddatsiz moratoriyni joriy etish to'g'risidagi farmonga imzo chekdi, u o'lim jazosini to'liq bekor qilish masalasi hal bo'lgunga qadar amal qiladi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning o'lim jazosini bekor qilishga qaratilgan ikkinchi ixtiyoriy protokoli Qozog'iston tomonidan 2021 yil 2 yanvarda ratifikatsiya qilingan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™