Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:04
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
“Qamchiq” dovonida “Spark” suv o'tkazuvchi inshootga tushib ketdi

 13 OKTYABR, 18:15 10

.

Joriy yilning 12-oktyabr kuni soat 18:30 larda “Qamchiq” dovonining 240 km. da “Toshkent-Vodiy” yo'nalishida harakatlangan “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo'qotib, yo'l tagidan suv o'tkazuvchi inshootga tushib ketgan. Zudlik bilan voqea joyiga “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong'in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari, Yo'l-patrul xizmati va Tez tibbiy yordam xodimlari etib kelishgan. Qutqaruvchilar tomonidan maxsus asbob-anjomlar yordamida avtomashinada bo'lgan haydovchi va bir nafar yo'lovchi chiqarib olinib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Shundan so'ng maxsus avtokran yordamida suv o'tkazuvchi inshootdan avtomashina chiqarib olindi. Bu vaqtda YPX xodimlari yo'l harakati xavfsizligini ta'minladilar. Qutqaruvchilarning tezkorlik bilan amalga oshirgan harakatlari natijasida ikki inson hayoti saqlab qolindi. Hozirda shifokorlar tomonidan engil tan jarohati olgan ikkila fuqaroga ham uyga javob berilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan dovon orqali harakatlanganda barcha xavfsizlik choralarini ko'rishlarini so'rab qoladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™