Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:03
Home
Login
Tavsiya qilamiz
Butsa.net - Futbol yangiliklari
Maydon.net - Sport yangiliklari
O'zbekistonda ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaktsinasi oktyabr oyida bozorga chiqariladi

14 SENTYABR, 20:35 12

.

Jurabek Laboratories farmatsevtika kompaniyasi Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaktsinasini seriyali ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga marketing va sotish bo'limi boshlig'i Aziz Soipov ma'lum qildi.

Unga ko'ra, dori oktyabr oyida ichki bozorga chiqadi. Uning aniqlik kiritishicha, vaktsinaning namunalari Rossiyaning Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markaziga hamda mahalliy Ekspertiza va standartlashtirish davlat markaziga yuborilgan.

«Vaktsinani quyish allaqachon boshlangan. Biz har bir seriyani tekshiruvdan o'tkazish uchun Rossiyaga yuboramiz. Tahlillar taxminan uch hafta davom etadi. Rossiyada va [mahalliy] davlat markazi laboratoriyasida parallel nazorat mavjud», — dedi Aziz Soipov.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™