Xayirli kech, Guest!
Soat: 21:50
telegram
O'zbekistonda endi poezdlar harakatini onlayn kuzatish mumkin bo'ladi

 25 NOYABR, 15:45 11

.

2022 yilda poezdlar harakatlanishini fuqarolar tomonidan onlayn kuzatish imkonini beruvchi axborot tizimi ishga tushiriladi. Bu haqda AOKAda «O'zbekiston temir yo'llari» AJ bosh boshqarma boshlig'i Umidulla Ibragimov ishtirokida o'tkazilgan brifingda ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha,2022 yil oxiriga qadar 3 ta yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ular:

sun'iy intellektdan foydalanilgan holda me'yordan ortiq ortilgan yuk vagonlar aniqlash axborot tizimini barcha stantsiyalarga joriy qilish; “Avianavigatsiya” tizimining analogida (“Railway Navigation”) yo'lovchi poezdlar harakatlanishi fuqarolar tomonidan onlayn kuzatish imkonini beruvchi axborot tizimini yaratish; elektron chiptalar sotish axborot tizimining shahar atrofi poezdlariga onlayn chipta sotish modulini yaratish.

Bundan tashqari, 2022 yil may oyiga qadar temir yo'l poezdlari lokomotivlari harakatini nazorat qilish va mashinistni yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavflar haqida o'z vaqtida xabardor qilish uchun sun'iy intellekt tizimini tajriba rejimida joriy etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, mavjud elektron chiptalarini sotish avtomatlashtirilgan tizimini yanada takomillashtirish, optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihalarini davom ettirish ko'zda tutilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!