Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 10:10
Bosh sahifaga
Kirish
Tavsiya qilamiz
Butsa.net - Futbol yangiliklari
Maydon.net - Sport yangiliklari
O'zbekiston va Qatar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnov yo'lga qo'yiladi

8 APREL, 22:30 3

.

Bosh vaziri o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Qatar davlati aviatsiya idoralari delegatsiyasini qabul qildi. 

Qayd etilishicha, Qatar delegatsiyasining respublikaga tashrifi O'zbekiston va Qatar o'rtasida havo qatnoviga doir hukumatlararo bitim tuzish, shuningdek, ikki mamlakat o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri yo'lovchi aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish masalalarini ishlab chiqish bilan bog'liq.

Uchrashuvda Qatar fuqaro aviatsiyasi xizmati departamenti boshlig'i Muhammad Faleh Alxajri O'zbekistonning sayyohlik salohiyati hamda tarixiy-madaniy merosga egaligi Qatar fuqarolarida yuqori qiziqish uyg'otishini ta'kidlab o'tdi. Uning fikricha, O'zbekiston bilan Qatar o'rtasida havo qatnovi to'g'risidagi bitim imzolanishi ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish, sayyohlik va ishbilarmonlik almashinuvini jadallashtirilishiga xizmat qiladi.

Ta'kidlanishicha,«Qatar Airways» departamenti rahbari Salam Al-Samarriy aviakompaniyaning O'zbekistonga parvozlarni amalga oshirish va respublikaning mintaqaviy aeroportlarida joriy qilingan «ochiq osmon» rejimidan foydalanishga, jumladan, Fors ko'rfazining boshqa mamlakatlaridan ham sayyohlarni jalb qilishga yuqori qiziqish bildirdi.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™