Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:11
Home
Login
Tavsiya qilamiz
Butsa.net - Futbol yangiliklari
Maydon.net - Sport yangiliklari
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tibbiyot fakulteti ochildi

14 SENTYABR, 19:55 8

.

Prezidentimizning 2021 yil 22 iyundagi “2021/2022 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to'g'risida” qarori bilan mazkur universitetda 2021-2022 o'quv yilidan boshlab tibbiyot fakulteti tashkil etilib, tibbiyot yo'nalishida ham kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Shu munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Chirchiq shahar hokimi Sanjar Yusupov, universitet rektori, professor Mahmudjon Boltaboev, Toshkent viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasi vakillari, universitet jamoasi va talabalar ishtirok etdi.

So'zga chiqqanlar “Davolash ishi” yo'nalishiga qabul qilingan yigit-qizlarni tabrikladi. Kelgusida yoshlarning etuk shifokor bo'lishlari uchun universitetda kerakli sharoitlar yaratilgani, buning uchun esa faqat bilim olish va izlanish lozimligi ta'kidlandi.

Davlatimiz rahbarining shu yil 19 mart kuni Toshkent viloyatiga tashrifi davomida tibbiyot yo'nalishida kadrlar tayyorlash bo'yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan edi. Bunga sabab viloyatda oliy ma'lumotli tibbiyot mutaxassis kadrlariga bo'lgan talabning yuqoriligidir.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o'z faoliyatini boshlagan bu fakultet ana shu ehtiyojni qondirishda muhim ahamiyatga ega. Endilikda oliygohda bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha “Davolash ishi” ta'lim yo'nalishida ham kadrlar tayyorlanadi. 2021-2022-o'quv yilida “Davolash ishi” ta'lim yo'nalishiga 100 nafar grant, 100 nafar to'lov-shartnoma asosida jami 200 nafar talaba qabul qilindi.

Tadbir davomida ota-onalar, talabalar so'zga chiqib, o'z fikrlarini bildirdi. Shundan so'ng “davolash ishi” yo'nalishiga qabul qilingan 1 kurs talabalari qasamyod qildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™