Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:36
telegram
Nukusda talaba yigit is gazidan zaharlanib, vafot etdi

 25 NOYABR, 16:25 14

.

Bu haqda Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi xabar berdi.

Hodisa 24 noyabr kuni soat 07:00 larda ro'y bergan. R.R. Nukus Davlat pedagogika institutining talabasi bo'lgan va ijarada turgan. Talabaning o'limiga xonadonda o'rnatilgan isitish qozoni otashxonasidan sizib chiqqan is gazi sabab bo'lgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Nukus shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.

Tekshirish harakatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!