Xayirli tong, Guest!
Soat: 07:43
LoginA'zo bo'lish
Ilon Maskning Starship raketasi yana sinovdan o'ta olmadi

 1 APREL, 12:55 140

.

SpaceX kompaniyasiga tegishli Starship raketasining navbatdagi sinovlari yana muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.

Qurilma Texasdagi poligondan 10 kilometr balandlikkacha ko'tarilgan edi. Biroq u qaytishni amalga oshira olmadi. Ilon Maskning so'zlariga ko'ra, bunga dvigatellar bilan bog'liq muammo sabab bo'lgan.

Milliarderning o'zi esa bunday omadsizlikdan tushkunlikka tushmaganini bildirdi.

Avvalgi ikkita Starship prototipining sinovlari ham portlash bilan yakunlangan edi. Biroq SpaceX kompaniyasi mutaxassislari bularning bari sinovlarda bo'lishi mumkin bo'lgan hodisa ekanini va bu hali omadsizlik emasligini aytishgan edi.

Starship qayta foydalanish imkoni mavjud bo'lgan yangi avlod raketasidir. Mask insonning fazoga bo'lgan safarlarini iloji boricha qulayroq qilishni rejalashtirmoqda va Marsni kolonizatsiya qilishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™