Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:36
LoginA'zo bo'lish
Raul Kastro Kuba Kommunistik partiyasi rahbarligidan ketishini ma'lum qildi

 18 APREL, 07:25 98

.

Kubalik siyosatchi va davlat arbobi Raul Kastro Kuba Kommunistik partiyasi Markaziy qo'mitasining birinchi kotibi lavozimidan ketishini ma'lum qilgan. Bu haqda Lotin Amerikasi ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Kastro Kuba Kommunistik partiyasining qurultoyidagi nutqi paytida, partiyani boshqarishni yosh avlodga topshirishini aytgan. Unga ko'ra, Kastro shu hafta oxirida partiya boshqaruvidan ketishi mumkin.

Shunday qilib, 60 yil ichida birinchi marta Kastrolar sulolasining vakillari partiyada rahbarlik lavozimlarini egallamasligi kutilmoqda.

Raul Kastroning akasi, kubalik inqilobchi va siyosatchi Fidel Kastro 1959 yilda hokimiyatga keldi. Sog'lig'i sababli, 2006 yilda u barcha lavozimlaridagi vazifalarini bajarishni ukasi Raulga topshirdi. Fidel Kastro 2016 yil 25 noyabrda hayotdan ko'z yumdi.

2011 yilda Raul Kastro rasman Kuba Kommunistik partiyasi Markaziy qo'mitasining birinchi kotibi etib saylandi. 2016 yilda u ikkinchi muddatga qayta saylandi.

Partiyaning sakkizinchi qurultoyi to'rt kun, 19 aprelga qadar davom etadi. Dushanba kuni Kastroning lavozimi uning vorisiga o'tadi. Ushbu lavozimni mamlakatning amaldagi prezidenti Migel Dias-Kanel egallagi kutilmoqda.

Ekspertlarga ko'ra, Kastro hatto lavozimidan ketganidan keyin ham Kubaning siyosiy elitasi ustidan sezilarli ta'sirini saqlab qolishi mumkin.

Raul Kastro 2018 yilda Kuba Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashi rahbarligidan ketib, mamlakat Kommunistik partiyasining etakchisi bo'lgan edi. Avvalroq, u ushbu lavozimni 2021 yilda tark etish niyati borligini ma'lum qilgan edi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™