Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:37
LoginA'zo bo'lish
O'zbek olimlari ishlab chiqqan koronavirus vaktsinasi JSST ro'yxatiga kiritildi

 18 APREL, 07:05 84

.

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg'or texnologiyalar markazi hamda Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi mutaxassislari koronavirusga qarshi ishlab chiqqan vaktsinalar Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining nomzod vaktsinalar ro'yxatiga kiritildi. 

Innovatsion rivojlanish vazirligining ma'lum qilishicha, mazkur ikki vaktsina hozirda klinik oldi sinovlaridan o'tmoqda.

JSSTning ma'lumotlar bazasi COVID-19 vaktsinasiga qarshi vaktsina-nomzodlari to'g'risida to'liq ma'lumotlarni yig'ib boradi. Mazkur baza muntazam ravishda – haftasiga ikki marta yangilanadi. Unda COVID-19ga qarshi nomzod-vaktsinalarning klinik va klinik oldi jadvali keltirilgan bo'lib, nomzod-vaktsinalarni tahlil qilish imkoniyatini beradi. Har bir vaktsinaning 1-faza, 2-faza va 3-faza sinovlari kuzatiladi. Vaktsinalarning xavfsizligi va samaradorligi to'g'risidagi ilmiy maqolalarga havolalar beriladi. 

Shuningdek, bu baza har bir nomzod-vaktsinaning asosiy xususiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. O'z navbatida mazkur platforma orqali COVID-19 qarshi yaratilayotgan vaktsinalar turli mezonlar, xususan, vaktsina platformasi, vaktsinatsiya grafigi, qo'llash usuli, ishlab chiqaruvchisi, sinov fazasi, klinik natijalar bo'yicha tasniflangan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™