Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:20
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Turkiyada kripto-valyutalar taqiqlandi

 18 APREL, 06:25 86

.

Turkiya markaziy banki tovarlar sotib olishda va ko'rsatilgan xizmatlarga haq to'lashda kripto-valyutalar va kripto-aktivlardan foydalanishni taqiqladi. Markaziy bank bunga kripto-valyutalarning keltirishi mumkin bo'lgan katta zararlarini va pul o'tkazish jarayonidagi katta xavfni sabab qilib ko'rsatgan.

Juma kuni Rasmiy Gazetada chop etilgan yangi qonunga ko'ra, kripto-valyutalar va boshqa shunga o'xshagan raqamli aktivlardan bevosita yoki bilvosita to'lov vositasi sifatida foydalanish mumkin emas.

So'nggi oylarda Turkiyadagi kripto-valyutalar bozorining faoliyati jadallashdi. Investorlarturk lirasining qadrsizlanishidan himoyalanishga intilib, bitkoin sotib olish bo'yicha xalqaro poygaga qo'shilishdi. O'tgan oyda liraning qadrsizlanishi 16 foizgacha ko'tarilgandi.

Markaziy bank o'zining bayonotida kripto-aktivlar na tartibga solish va nazorat mexanizmlariga, na markaziy tartibga solish organlariga bo'ysunmasligini, ularning boshqa xavfi ham borligini aytgan.

«To'lov xizmatlarini taklif qiladigan tashkilotlar o'z faoliyatida kripto-valyutalardan umuman foydalanmaydi. Kripto-valyutalarning to'lovlarni amalga oshirishda ishlatilishi qaytarib bo'lmaydigan zararlarni keltirib chiqarishi mumkin» deyiladi markaziy bank bayonotida.

Shu haftada Turkiyada Rolls-Royce va Lotus avtomobillarini sotish bilan shug'ullanadigan Royal Motors kompaniyasi kripto-valyutada to'lovlarni qabul qilishini ma'lum qilgan va Turkiyada shu ishni amalga oshirgan birinchi kompaniyaga aylangandi. Bugungi kunda dunyo bo'ylab Apple,Amazon va Expedia kabi gigant kompaniyalar ham kripto-valyutalar orqali to'lovlarni qabul qiladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™