Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:00
LoginA'zo bo'lish
Oxirgi sutkada dunyoda COVID-19 dan 8 ming nafardan ortiq bemor vafot etdi

 1 APREL, 12:35 131

.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar soni 127 million 877 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 796 ming nafardan ziyod kishi vafot etgan (31.03.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 14:46 holatiga ko'ra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanishning 509 746 yangi holati aniqlandi, 8 855 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (01.04.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 11:26 holati) ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda kasallikni 128 million 913 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 816 ming nafardan ortig'i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo'yicha AQSh birinchi o'rinda turibdi, u erda JSST ma'lumotlariga ko'ra 30,030 million nafardan ortiq koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o'rinda Braziliya (12,573 milliondan ortiq), uchinchi o'rinda Hindiston (12,149 milliondan ortiq), to'rtinchi o'rinda Rossiya (4,545 milliondan ortiq), beshinchi o'rinda esa Frantsiya (4,510 milliondan ortiq). 

JSST ma'lumotlariga ko'ra, bir sutka davomida AQShda 61 620, Braziliyada 38 927, Hindistonda 53 480, Rossiyada 8 275, Frantsiyada esa 29 575 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.  

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™