Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:08
LoginA'zo bo'lish
Yurtimizda dam olish kunlari yog'ingarchilik kutilmaydi

 17 APREL, 21:20 81

.

O'zgidromet xabar berishicha dam olish kunlari yog'ingarchilik kutilmaydi.

Keyingi 3 kun ichida respublika bo'yicha aprel oyi o'rtasi uchun me'yoriy qiymatlarga yaqin bo'lgan havo harorati bilan iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi. 

Ma'lum qilishicha, Respublika hududining katta qismida bu kunlarda yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat yakshanba kuni Farg'ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida, dushanba kuni esa respublika shimolida ba'zi joylarda yomg'ir yog'ishi momaqaldiroq bo'lishi mumkin.

Havo harorati 16-19 aprelda kechalari 9-14° iliq, kunduz kunlari 22-27° iliq atrofida bo'ladi.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™