Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:41
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Yangi Zelandiyada 2004 yildan keyin tug'ilganlar uchun chekish taqiqlanadi

 17 APREL, 20:25 106

.

Yangi Zelandiya 2004 yildan keyin tug'ilganlar uchun chekishni to'liq taqiqlashni joriy qilmoqchi.

Taxminlarga ko'ra, rasmiylar tamaki mahsulotlarini sotib olishga ruxsat berilgan yoshni bosqichma-bosqich oshirib boradilar va 2004 yildan keyin tug'ilgan avlodga sigaret sotib olish butunlay taqiqlanadi.

Bunday radikal choralar bilan hukumat 2025 yilga kelib mamlakatda chekishni to'liq tashlashga erishishni kutmoqda.

Shuningdek, rasmiylar qo'shimcha chora-tadbirlarni ko'rib chiqmoqdalar.

Jumladan, tamaki mahsulotidagi nikotinning maqbul darajasini pasaytirish, filtrlarni taqiqlash, tamaki uchun minimal narxni belgilash va tamaki mahsulotlarini sotish joylarini cheklash.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™