Xayirli tong, Guest!
Soat: 07:25
LoginA'zo bo'lish
Kredit mablag'larini talon-toroj qilgan jamiyat rahbarining yana bir firibgarligi fosh bo'ldi

 17 APREL, 14:50 62

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.Q.” xususiy korxonasi rahbari O.J. va boshqalar korxonaga bank muassasasidan ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish uchun ajratilgan 185 mln so'm kredit mablag'larini boshqa maqsadlarda sarflab, o'zlashtirish va rastrata qilish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek O.J. fuqaro N.ga tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygach katta daromad olishga va'da berib, evaziga uning 162 mln so'm naqd pullarini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™