Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:33
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
«Jasliq» qamoqxonasi hamon faoliyat yuritmoqda. U erda 100 ga yaqin mahkum bor — huquq himoyachisi

 17 APREL, 14:30 101

.

O'zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Kun.uz'ga bergan intervyusida rasman yopilgani e'lon qilingan Jasliq qamoqxonasi faoliyat yuritishda davom etayotganini ma'lum qildi.

Uning aytishicha, ayni paytda u erda umrbod ozodlikdan mahrum qilingan yuzga yaqin mahkum saqlanmoqda. Ular uchun hozirda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida yangi muassasa qurilmoqda.

Ma'lumot uchun, 2019 yilda prezident Shavkat Mirziyoev qarori bilan Qoraqalpog'istonning Qo'ng'irot tumani Jasliq qo'rg'onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi (Jasliq koloniyasi) tugatilishi e'lon qilingan edi.

«Bu masala bir necha yillar davomida muammolarni yashirishga o'rganib qolganimiz bilan bog'liq. Muammoni ko'mib qo'yganingiz bilan u tuproq tagida yanada nish otib ketadi. Shubhasiz, prezidentimiz tashabbusi bilan Jasliq yopilishi juda katta hodisa bo'lgandi. Lekin masalaning ikkinchi tomoniga e'tibor berish kerak», — dedi Abdurahmon Tashanov.

U Jasliqdagi mahkumlarning boshqa qamoqxonaga ko'chirishga sharoit bo'lmaganligini ham ta'kidlab o'tgan.

«Prezident tez orada yopamiz, dedi, lekin mavjud sharoit bunga tayyor emasdi. Chunki Jasliqda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan mahkumlar bor edi. Ularni to'g'ri kelgan qamoqxonaga ko'chirib bo'lmasdi, chunki bunday mahkumlar uchun sharoitlar sal boshqacharoq bo'lishi kerak. Bu borada dunyo standartlari boshqacha. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar alohida zonada saqlanishi kerak», — dedi u.

Shuningdek, uning aytishicha, prezidentga «hammasi hal bo'ldi, muammo bo'lmaydi» deb hisobot berilgan bo'lishi ham mumkin.

«Lekin u erda saqlanayotgan mahbuslarning qarindoshlari bor, ular doim uchrashuvlarda bo'ladi. Bir necha mahbuslarning yaqinlari bizga murojaat qildi. Jasliq hali to'liq yopilmaganini, u erda yuzga yaqin umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan mahkumlar saqlanayotgani haqidagi xabarni chiqarishga shoshilganimiz yo'q, surishtirdik, so'radik», — deya ma'lum qildi Abdurahmon Tashanov.

Uning jazoni ijro etish tizimidagi manbalarga asoslangan holda ma'lum qilishicha, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni saqlash bo'yicha dunyo standartlariga mos keluvchi zamonaviy qamoqxona qurilmoqda.

«Shu qamoqxona bitsa, hozir Jasliqda olib qolingan mahkumlar u erga ko'chirilarkan. Bu — normal holat. Lekin buni yashirib o'tirish yoki bundan qandaydir uyat his qilish, „o'sha paytda yopildi deb qo'ygandik, to'liq yopilmagani oshkor bo'lsa, yolg'onchiga chiqib qolamiz“, deb hadiksirash noto'g'ri», — deydi u.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™