Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:01
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
18 apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytiriladi

 17 APREL, 11:20 67

.

18 apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytiriladi. Bu haqda Maxsus komissiyasi kengaytirilgan yig'ilishida ma'lum qilindi.

Bog'cha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyatini zudlik bilan to'xtashish va 2 haftaga karantinga olish belgilandi. Ushbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibida faoliyat yuritadi.

Yirik savdo majmualari va bozorlarda, do'konlarda karantin qoidalariga qat'iy amal qilinishi, jumladan, qo'llarni antitseptik vositalari bilan zararsizlantirish, odamlarning tibbiy niqob taqishi, ijtimoiy masofa saqlashi qat'iy nazorat qilinadi.

Ayni Ramazon oyida taroveh namozlarini ochiq hududlarda ado etish, iftorliklarni imkon qadar oila davrasida yoki 100 kishidan oshmagan holatda o'tkazish zarurligi ta'kidlandi.

1 maydan boshlab, kontsert-tomosha tadbirlarini yopiq maskanlarda o'tkazmaslik kabi qator cheklovlar belgilandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™