Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:02
LoginA'zo bo'lish
Fuqaroning 1 000 AQSh dollarini qo'lga kiritgan firibgarlar aybiga iqror bo'lib olgan pullarini qayt

 16 APREL, 22:25 77

.

Fuqaroning 1 000 AQSh dollarini qo'lga kiritgan firibgarlar aybiga iqror bo'lib olgan pullarini qaytardi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi K.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, tuman hokimligi balansida bo'lgan dala-do'konni go'yoki bo'sh turganligini aytib, ushbu do'konni tanishlari orqali hisobdan chiqartirib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 000 AQSh dollari va 1 mln so'mni firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganliklari aniqlanib, tekshiruv jarayonida K.T. va boshqalar aybiga to'liq iqror bo'lib, fuqaro Sh.dan olgan pullarni qaytarib bergan holati protsessual tartibda rasmiylashtirilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™