Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:32
LoginA'zo bo'lish
O'quvchining qo'liga «2» baho qo'ygan ingliz tili fani o'qituvchisi ogohlantirildi

 1 APREL, 11:05 214

.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi 65-maktabning ingliz tili fani o'qituvchisi o'quvchining qo'liga “2” baho qo'yganligi aks etgan video tarqaldi.

Holat Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi va shahar xalq ta'limi bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan o'quvchining onasi ishtirokida o'rganildi. Bu haqda Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, maktabning ingliz tili fani o'qituvchisi Q.D. 2-sinf o'quvchilariga dars o'tish chog'ida berilgan vazifaga ijobiy javob bera olmagan o'quvchi N.A.ning qo'liga “2” baho qo'ygan. Mazkur holatni o'rganish chog'ida bir yildan buyon ushbu maktabda o'quvchilarga ingliz tili fanidan dars berayotgan o'qituvchi Q.D. ga o'quvchiga nisbatan bu xatti-harakati pedagogik-psixologik jihatdan noto'g'ri ekanligi tushuntirildi. Uning etarlicha tajriba to'plamaganligi, pedagogik faoliyatini boshlaganiga ko'p bo'lmaganligi inobatga olinib, ogohlantirildi. Yosh o'qituvchiga metodik, pedagogik-psixologik yordam berish uchun malakali ustozlar biriktirildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™