Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:13
LoginA'zo bo'lish
Prezident vazirlar 10 kun Samarandda qolishini aytdi

 16 APREL, 13:50 74

.

Prezident Shavkat Mirziyoev Samarand viloyatida bo'lib o'tayotgan yig'ilishda vazirlarni 10 kun qolib, muamolarni echish bo'yicha taklif berishi kerakligini ta'kidladi. 

Prezident vazirlarga 10 kun Samarqandda qolib, o'zlariga tegishli sohalardagi muammolarni o'rganishi va echimi bo'yicha taklif kiritishi kerakligini aytdi.

«Toshkentdan kelgan vazirlar viloyatga keladi-da, xuddi Samarqanddagi rahbarlar aybdordek qaraydi. Sizlar choy ichib, Samarqand oshini eb ketish uchun kelganingiz yo'q. 10 kun shu erda qolib viloyatdagi holatni yaxshilash uchun ishlaysiz… Shu erda ham soha bo'yicha rahbarlaring borku! Birga ishlanglar. Birovning emas, o'zingiz rahbar bo'lgan tizim bo'yicha yil yakunida viloyatda natija qanday bo'ladi? Mana shunga javob topasizlar», — dedi prezident.

Davlat rahbari vazirlar yil oxirida o'ziga tegishli sohada natija qanday bo'lishi borasida aniq tasavvur hosil qilishlari lozimligini ta'kidladi.

 

REKLAMA

Vklyuchit zvuk

"Gazeta.uz"da reklama

 

Yig'ilishda har bir yo'nalish bo'yicha 5 yilda eng kamida 10 tadan qaror va farmon qabul qilingani aytildi. Buning ijrosini ta'minlash, natijaga erishish juda mashaqqatli va mas'uliyatli vazifa ekani qo'shimcha qilindi.

Davlat rahbari mahallalarda turli xil xizmat ko'rsatish ob'ektlarini tashkil etish bo'yicha ham topshiriq berdi. Markaziy bank raisi Mamarizo Normurodovga banklar bilan birga viloyatda oilaviy tadbirkorlik uchun moshlashtirilgan 625 mlrd so'mni o'rniga 900 mlrd so'm kredit ajratishni tashkil etishi lozimligi aytildi.

Mahallarlarning rivojlantirish dasturidan kelib chiqib har bir tuman va shaharning o'sish nuqtalarini belgilanadi. Bu ishlarni pastda samarali tashkil etish uchun tegishli vazirlar va bank raislari biriktiriladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™