Xayirli tong, Guest!
Soat: 07:40
LoginA'zo bo'lish
Ukrainada bir fuqaro to'rt marotaba koronavirusga chalindi

 16 APREL, 12:30 78

.

Ukrainaning Xarkov shahrida yashovchi bir erkak to'rt marta koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Shahar 17-sonli shahar klinik shifoxonasi shifokori Roman Eliseev jurnalistlarga ma'lum qilishicha, bemorda qo'shimcha kasalliklar borligi tufayli, uning organizmi antitanachalar ishlab chiqarmagan. Uning aynan qanday kasalliklar bilan og'rigani ochiqlanmagan.

Ukrainada pandemiya boshlanganidan beri 1,8 milliondan ortiq odam "COVID-19" bilan zararlangan, 38 mingdan ortiq bemor ushbu infektsiya asoratlaridan vafot etgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™