Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:14
LoginA'zo bo'lish
Mirziyoev dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beradigan temir yo'l qurilishi haqida gapirdi

 16 APREL, 12:15 82

.

Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyat faollar yig'ilishida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, «Mozori-Sharif — Kobul — Peshavor» temir yo'li qurilishi borasida ma'lumot berib o'tdi.

«Har qanday iqtisod uchun temir yo'lning o'rni juda katta. Agar shu vaqtgacha Xitoy yoki boshqa Osiyo davlatlariga olib chiqadigan temir yo'l qurganimizda edi, qo'shimcha bozorlar paydo bo'lardi, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimiz tannarxi 60-70 foizga kamaygan bo'lardi.

Biz shu vaqtgacha faqat Rossiya va Qozog'istonga eksport qilib kelmoqdamiz. Mahsulotimizni chiqarish uchun bizda boshqa yo'l yo'q. Shunday bo'lgach, yo'l haqi ham shunga yarasha katta bo'ladi. Istagan vaqtlarida mahsulotlarimizni rad etishlari mumkin. Agar bizda boshqa muqobil tanlov bo'lganida edi, O'zbekistonning mahsulotlariga munosabat ham boshqacha bo'lar edi. Raqobat oshardi.

Shu maqsadni amalga oshirish uchun Afg'oniston orqali temir yo'l quryapmiz. U bitib, ishga tushsa, Afg'oniston va Pokiston orqali dengiz portlariga chiqish imkoniyati paydo bo'ladi. Loyihani amalga oshirish oson bo'lmayapti, buning uchun xorijdagi hamkorlarimiz bilan muzokaralar olib boryapmiz.

Pokiston bosh vaziri Imron Xon do'stimiz bilan yaqin aloqada bo'lib turibmiz. Afg'oniston orqali temir yo'l quramiz, ammo uning xavfsizligini kim ta'minlab bera oladi? Faqat Pokiston. Shu sababli Imron Xon bilan bamaslahat ish olib bormoqdamiz. Bu yo'l qurilishidan biz qatori Afg'oniston ham, Pokiston ham birdek manfaatdor», — dedi davlatimiz rahbari.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™