Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:08
LoginA'zo bo'lish
Buxoro hokimi Botir Zaripov "Buxoro" futbol klubiga befarqmi? Javob berildi

 16 APREL, 11:35 66

.

Ijtimoiy tarmoqlarda noma'lum muallif tomonidan «Botir Zaripov “Buxoro” klubiga e'tiborsizmi?" degan mazmunda chiqqan maqolani “Buxoro” PFK MChJning rasmiylari mutlaqo asossiz deb hisoblaydi, deb yozmoqda “Buxoro” PFK MChJ matbuot xizmati.

"Maqolada klub muammolari tufayli pro-ligadan pastki o'rinlarga tushib ketishi mumkinligi va bunga asos sifatida klub tomonidan PFL tomonidan o'rnatilgan tartib-qoidalar bajarilmayotganligi, shuningdek, klubning moliyaviy holati va stadion masalasi hozirgi kunga qadar hal etilmaganligi ko'rsatib o'tilgan.

Biroq mazkur maqolani yozgan muallif bugungi kunda klubning holati, moliyaviy, qolaversa O'PFL tomonidan o'rnatilgan tartib va qoidalarni qay darajada so'zsiz bajarib kelayotgani, viloyat mas'ullari tomonidan klubga berilayotgan e'tibor va moliyaviy ko'maklardan xabari yo'qligi, ushbu noma'lum muallif klubning bundan 1-2 yil burungi holati yuzasidan ma'lumotlarni yozgan ko'rinadi.

Ushbu maqola o'zbek xalqining “qo'rqqan oldin musht ko'tarar” naqliga mos kelmoqda. Maqola klub jamoasi va muxlislarining ruxiyatini tushirishga qaratilganga o'xshaydi. Ammo, muallif bugungi kunda klub jamoasi yuqori tayyorgarlik darajasiga egaligini bilmaydi, shekilli.

Ta'kidlash lozimki, hozirgi kunda Buxoro viloyat futbol federatsiyasi Prezidenti, Buxoro viloyati hokimi B.K.Zaripov tomonidan Buxoro futbol jamoasini qaytadan superligaga chiqarish, klubning moliyaviy holatini yaxshilashda qator chora-tadbirlar belgilanib, hozirda klub faoliyatini rivojlantirish maqsadida 12 mlrd. so'm ajratilgani, hozirda ushbu choralar amalda o'z natijasini ko'rsatib kelmoqda.

Jumladan, belgilangan chora-tadbirlarga ko'ra, nafakat klubni qo'llab-quvatlash, balki noma'lum muallif tomonidan makolada ko'rsatilganidek, jamoani mehmon uchrashuvlarida ko'llab-quvvatlash istagini bildirgan jonkuyar muxlislar ishtirokini ta'minlashda qulayliklar yaratish uchun  transport vositalar bilan ta'minlaganligi viloyat hokimining klubga nisbatan berayotgan e'tibori emasmi.

Shuningdek, 2021 yildagi O'zbekiston futbol chempionatida mezbonlik qilish jarayonini tezlashtirish va shu bilan Buxoroning futbol muxlislarini xursand qilish maqsadida stadionni zamonaviy shaklga keltirish maqsadida jadal ta'mirlash ishlari olib borilayotgani hamda uni shaxsan viloyat hokimining o'zi nazoratiga olganligi viloyat hokimining Buxoro futboliga nisbatan iliq munosabati emasmi?

Yuqoridagilarga va hozirgi kunda klub rahbariyati tomonidan O'PFL tomonidan o'rnatilgan tartib va qoidalar so'zsiz bajarilayotganligini, shuningdek Viloyat hokimligi tomonidan “Buxoro” PFK MChJga berilayotgan e'tiborni inobatga olgan holda, aniq ma'lumotlarga ega bo'lmagan, noma'lum muallifning maqolasida keltirilgan vajlarni klub rahbariyati asossiz, bo'hton deb hisoblaydi", deyiladi bayonotda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™