LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 20:27
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Sarguzasht izlovchilar mintaqasi
MUHARRIR: wapusta

10 NOYABR, 23:15 / KO'RILDI: 25

Efiopiya shimoliy-sharqidagi Danakil vodiysi sayyoramizning hamon tadqiq etilmagan joylaridan biri hisoblanadi. Danakil Qizil dengiz sohillarida joylashgan bo'lib, er yuzidagi eng xavfli mintaqalardan biri hisoblanadi. Olimlarning so'zlariga qaraganda, bu past tekislikda yashashga deyarli sharoit yo'q, ammo shunga qaramay, odamlar istiqomat qiladi. Aholisi 90 million kishidan iborat Efiopiyaning mazkur mintaqasiga odam oyog'i etmagan, desak yanglishmagan bo'lamiz. Vodiyda jangariligi bilan dong taratgan “afar” elati vakillari yashaydi. Dashtda o'zaro raqobatda bo'lgan ikkita qabila vakillari istiqomat qiladi. Ko'chmanchi Afarlar ikkiga – asaymar (qizillar) va adoymar (oqlar)ga bo'linadi. Ularning har ikkisi “Danakilning haqiqiy xo'jayinlari biz” deya da'vo qiladi. Bu o'z navbatida vaqti-vaqti bilan qurolli to'qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Danakil – dahshatli vulqonlar, tuzli ko'l, zaharli gazga ega bo'lgan o'lkadir. Mana shu kabi jihatlar joyga “Er yuzining eng shafqatsiz joyi” degan nom berilishiga sabab bo'ldi. Tinim bilmas sarguzasht izlovchi sayyohlar bu erga kelish maqsadida har qancha mablag' bo'lsa-da berishlarini aytishadi. Danakil – Efiopiya, Eritreya va Jibuti davlatlari chegaralarida joylashgan bo'lib, iqlimi haqida gapiradigan bo'lsak, hamisha issiq bo'ladi. Havo harorati 40-50 daraja atrofida. Shu sababli ham Danakilni sayyoramizning eng issiq hududi deyish mumkin. Mahalliy aholi Danakil vodiysini jahon tsivilizatsiyasining beshigi, deyishadi. Aynan shu erda 1974 yilda paleontolog olim Donald Joxanson tomonidan 3 million 200 ming yil avval yashagan xalq vakili bo'lmish odam suyaklari topilgan. Olimlar bu odamni "Lyusi" deb atashdi. "Lyusi" mansub bo'lgan odamlar noma'lum sabablarga ko'ra, 2,5-3,5 million yil avval qirilib ketgani aytiladi. Tadqiqotchilar zamonaviy odamlarning ajdodi aynan shu "Lyusi" ekanini aytishadi. Nevada universitetining Brayan Villmoar boshchiligidagi arxeologik ekspeditsiya a'zolari bu erdan ilk odamlarning jag' tishlarini topdi. Uning yoshi 2,8 million yilga teng ekani aytilmoqda. Bu avval insonning paydo bo'lishi to'g'risida taxmin qilinganidan 400 ming yilga ko'pdir. Danakil – sayyohlarning o'z holicha yakka o'zi sayohat qilishi mutlaqo imkoni bo'lmagan er yuzidagi sanoqli mintaqalardan biridir. Bu borada gap sayyohlarning xavfsizligi haqida ketmoqda. Mintaqada radikal ko'z qarashdagi ARDUF (Afar inqilobiy demokratik birlashmasi) jangarilari faoliyat yuritadi. ARDUF xorijdan mablag' olib turadi va Afar muxtoriyati uchun kurashadi. Afarning yarmi qo'shni Eritreya hududlari sifatida ko'riladi. Jangarilar mustaqillik yo'lida asosan xorijliklarni garovga oladi. 2012 yilda Danakil vodiysining Erta-Ale vulqoni atrofida evropalik besh nafar sayyoh o'ldirilgan edi. Shuni ta'kidlash kerakki, Danakilda jamoat transporti deyarli faoliyat yuritmaydi. Shu sababli ham mintaqada qurilgan avtomobil yo'lining kelajagi qorong'iligicha qolmoqda. Danakil past tekisligida aholi punktlari yo'q. Bu o'z navbatida suv, taomxona, mehmonxona va yoqilg'i quyish shoxobchalarining ham yo'qligini anglatadi. Vodiyga borish yo'lida tuzli Endeli-Ragali ko'li bo'lib, uning yarmi Efiopiya, qolgan yarmi Eritriya hududlarida joylashgan. Ko'l yaqinidagi Dallol aholi punkti bor bo'lib, o'tgan asr boshlarida bu erda kaliy qazib olinardi. Hozir qishloqning vayronalarigina qolgan, xolos. Bu erda o'laksaxo'r qushlarni uchratish mumkin. Olimlarning fikricha, qushlar zaharli suvni ichishadi va shu sababli ham abadiy shu erda qolib ketishadi.

Bu erdan yuz yil avval bo'lgani kabi hozir ham tuyalar karvoni o'tib turadi. Danakil – er yuzidagi eng seysmik faol hudud hisoblanadi. So'nggi bor bu erda 2011 yilda Nabro vulqoni otilgan edi. Erta-Ale vulqoni yaqiniga borish ancha murakkab, buning uchun bir kun sarflanadi. Erta-Ale yaqiniga borib, kraterni o'z ko'zingiz bilan ko'rishingiz mumkin. Mana shu vulqonni ko'rish uchun ham sayyohlar yuzlab kilometr yo'lni bosib o'tadi. Danakil Afrikaning eng baland tog'ida joylashgan. Efiopiyadagi bu past tekislik evropalik sayyohlar tomonidan XX asrning birinchi yarmida tasodif tufayli kashf qilingan. Ortga qaytishda albatta Mekele shahriga kirib o'tishga to'g'ri keladi. Bir so'z bilan aytganda Danakil vodiysi sayyoramizning noyob joylaridan b iri hisoblanadi. Agar bu erga qadam bosgudek bo'lsangiz, o'zingizni boshqa sayyoraga tushgandek his qilasiz. Bu joyning tabiati erniki deb emas, Marsniki deb atash to'g'riroq bo'ladi. Bu erga sayyohlar Marsni tasavvur qilish uchungina kelishadi. Danakilni sarguzasht izlovchilar mintaqasi desak yanglishmagan bo'lamiz. Volcano Discovery sayyohlik kompaniyasining asoschisi va rahbari germaniyalik vulqonshunos Tom Pfayfer ta'kidlaganidek, “odamlar er yuzining eng jumboqli mintaqasiga kelishga qaror qilibdilarmi, ularni eng baxtli insonlar, deb atash mumkin”.   Manba: uza.uz
Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!