Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:32
LoginA'zo bo'lish
Shavkat Mirziyoev: "Adashib yurgan rahbarlar juda ko'p"

 16 APREL, 11:20 80

.

Shavkat Mirziyoev xalq ishonchiga munosib ishlamayotgan amaldorlarni tanqid qildi.

Ayni paytda Prezident raisligida Samarqand viloyatida o'tkazilayotgan yig'ilishdan:

«O'zlaringiz xabardor bo'lyapsizlar, har selektorda tuman, shahar hokimlarini, viloyat hokimlari o'rinbosarlarini, turli tizimdagi rahbarlarni ishdan olyapmiz. Nima uchun ishdan olyapman? Shukronalik yo'q, beparvolik, ilmsizlik yonimizda yuribdi. Eng katta fojiamiz — bilim yo'q, ko'p rahbarlar o'z ustida ishlamaydi, bugungi tahlikali va shiddat bilan o'tayotgan zamonda xalqning ishonchini oqlamayapti.

Qarsak chalishni hammamiz o'rganib oldik. Agar 27 yil balandparvoz gaplarni aytmasdan, qarsak chalmasdan ta'limda, qurilishda, iqtisodiyotda qattiq harakat qilganimizda, bugungi kunimiz yanada boshqacha bo'lardi.

Jiddiy masalarga ahamiyat qaratmadik, ijro organlari rahbarlarini o'qitmadik. Ularning ko'pi o'qimagan, saviya past, hozirgi zamonga munosib bo'lib yashash va faqat xalqni rozi qilish bo'yicha harakat yo'q. Adashib yurgan rahbarlar juda ko'p, ular o'ziga ham ishonmaydi. Kun o'tsa bo'ldi, deb ishlaydigan rahbarning bu gaplari o'tmaydi, zamon o'zgaryapti, biz ham o'zgarishimiz kerak», — dedi Prezident.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™