Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:06
LoginA'zo bo'lish
Farg'onada sudya ayolga tajovuz qilishdi

 16 APREL, 11:00 92

.

Fuqarolik ishlari bo'yicha Farg'ona tumanlararo sudining sudyasi (ayol) zo'ravonlikka uchradi. Voqelik 2021 yilning 13 aprel kuni - sudya xizmat vazifasini bajarayotgan paytda sodir bo'ldi. Ya'ni shu kuni  Farg'ona tumani, Ilg'or MFY Saxovat ko'chasidagi nizoli xonadonga ekspert bilan borib, holatni joyida o'rganayotgan sudyaga fuqarolik ishiga aloqador bo'lmagan  M.N. jismoiy kuch ishlatib, qo'lidagi shaxsiy mobil telefonini tortib oladi va erga urib qasddan sindiradi. Shuningdek jamoat joyida  qadr-qimmatini kamsituvchi so'zlar bilan haqoratlaydi.  Fuqaro M. N. ning  bunday g'ariqonuniy va g'ayriaxloqiy xatti-harakatlari nizoli ish bo'yicha tayinlangan ekspertiza o'tkazilmay qolishiga  olib keladi.   Mazkur holat bo'yicha Sudyalar oliy kengashi vakolati doirasida kerakli choralarni ko'rdi. Voqelik huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o'rganilmoqda.

Natijasi bo'yicha qo'shimcha axborot beriladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™