Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:31
LoginA'zo bo'lish
Jizzaxda YPX xodimi haydovchiga qo'pol munosabatda bo'lgan. Nega?

 16 APREL, 10:35 81

.

Joriy yilning 12 aprel kuni Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimlari Z.Po'latov, Z G'aniev va Sh.Murodovlar Jizzax shahar, I.Karimov shoh ko'chasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtida YPX inspektori Sh.Murodov tomonidan "Vaz-2108" rusumli avtomobil haydovchisi yo'l harakati qoidalarining 99-bandida belgilangan talablarga amal qilmasdan harakatlanganligi bois to'xtatilgan.

YPX xodimi haydovchidan me'yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so'raganda, haydovchi hujjatlarini taqdim eta olmagan. Haydovchi A.J.ga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma tuzilib, boshqaruvida bo'lgan transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga maxsus evakuator yordamida olib ketilayotganda haydovchi YPX xodimiga e'tiroz bildirib, qarshilik ko'rsatgan. YPX inspektori Sh.Murodov haydovchi bilan muloqat jarayonida nosamimiy munosabatda bo'lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™