Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:32
LoginA'zo bo'lish
Konki uchuvchi 79 yoshli pensioner

 15 APREL, 21:05 83

.

Rossiyaning Baykal ko'li bo'yidagi, Xali fermasida 79 yoshli Lyubov' Morexodova yashaydi.

U hayotining ko'p qismida konki bilan shug'ullanadi. Bolaligida yaqin atrofda jamoat transporti yo'qligi sabab Lyuba maktabgacha to'rt kilometr yo'l yurishi kerak edi. Uning otasi qiziga birinchi konkilar yasab bergan.

Lyubov Nikolaevna 1945 yildan beri Baykal muzida siljiydi. Unda zamonaviy konki - rus figurali uchuvchisi, Olimpiya chempioni Evgeniya Plyushenkoning konki sovg'asi mavjud.

«Men ularga konkida uchganman, lekin o'zimning kigiz konkilarimda uchish qulayroq»,- deydi Lyubov' Nikolaevna.

Shuningdek ayol uy xo'jaligi bilan shug'ullanadi, u o'tin chopadi, hayvonlarni boqadi, suvni to'g'ridan-to'g'ri Baykaldan tashiydi. 

«Men uchun Baykal - bu hamma narsa- go'zallik, suv ... Bu butun Rossiyaning, butun insoniyatning marvaridi - beg'ubor tabiat»,- deya ta'kidlaydi Lyubov' Morexodova.

Joriy yilning may oyida Lyubov Morexodova 80 yoshga to'ladi. U g'ayratga to'lgan, har doim mehmonlarni kutib olish va konkida uchish mahoratini namoyish etishdan mamnun.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™