Kirish | A'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Ortiqcha vaznga ega insonlarda koronavirus nega og'ir kechmoqda?
MUHARRIR: Aman

17 OKTYABR, 21:33 / KO'RILDI: 282

.. Yuklab olish


Lotinga o'tish Kirillga o'tish
Bosh sahifa Koronavirus
Koronavirus
Ortiqcha vaznga ega insonlarda koronavirus nega og'ir kechmoqda?
Admin Behruz Hayitov- 17.10.2020, 18:520

To'qimalar va organlarda ortiqcha yog' borligi semizlik deyiladi. Bu dard sog'liqni saqlash sohasidagi eng jiddiy muammolardan biri bo'lib, uning zaminida yuzaga kelgan kasalliklardan har yili taxminan 2,5 million kishining bevaqt vafot etishiga sabab bo'ladi.

Olimlarning ta'kidlashicha, tana vaznidan ortiqcha har 10 kilogram insonning umr ko'rish muddatini 3 yilga qisqartiradi. Semizlikning bir necha turlari bor: birlamchi, gipotalamo va endokrin.

Birlamchi semizlik tez-tez ortiqcha yegulik yeyish bilan va zarur jismoniy faoliyat yo'qligi bilan rivojlanadi. Gipatalomo semizlikda miyaning gormonlar ishlab chiqarishi buzilganda rivojlanadi. Endokrin semizlikda organizmdagi bezlar buzilishi fonida shallanadi.

Semizlik natijasida bir qator kasalliklar kelib chiqadi: qandli diabetning 2 turi, saraton, og'ir yurak qon tomir kasalliklari, tomirlarning varikoz kengayishi, qo'shma kasalliklar va boshqalar. Ushbu davrda organizmda modda almashinuvi buziladi.

Semizlik tashxisi bor bemorlar koronovirusga chalinsalar, ularning hamrox kasalliklari ham zo'rayadi va organizm kurashish qobiliyati susayadi. Ular bunday davrda barcha infeksiyalarni yuqtirishga moyil bo'lib qoladilar. Shuning uchun bunday kasallarda kasallik ko'pincha og'ir kechadi.
Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Umumiy: 1