Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:38
LoginA'zo bo'lish
Oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi

 15 APREL, 20:40 102

.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar soni 136 million 996 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 951 mingdan ziyod kishi (14.04.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 14:50 holatiga ko'ra) vafot etgan.

Shuningdek, oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanishning 679 003 yangi holati aniqlandi, 10 367 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (15.04.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 09:20 holati) ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda kasallikni 138 million 259 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 972 mingdan ortig'i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo'yicha:

birinchi o'rinda AQSh- 30,949 milliondan ortiq; 

ikkinchi o'rinda Hindiston- 13,873 milliondan ortiq;

uchinchi o'rinda Braziliya- 13,517 milliondan ortiq;

to'rtinchi o'rinda Frantsiya- 5,026 milliondan ortiq;

beshinchi o'rinda esa Rossiya- 4,666 milliondan ortiq koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar aniqlangan;

JSST ma'lumotlariga ko'ra, bir sutka davomida AQShda 60 731, Hindistonda 184 372, Braziliyada 35 785, Frantsiyada 38 956, Rossiyada esa 8 326 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 13 aprel holatiga ko'ra dunyo bo'yicha koronavirusga qarshi 733 million 287 mingdan ortiq doza vaktsina qo'llanilgan.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™