Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:07
LoginA'zo bo'lish
AstraZeneca vaktsinasidan butunlay voz kechgan dunyodagi ilk davlat ma'lum bo'ldi

 15 APREL, 18:25 90

.

Daniya AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaktsinasidan foydalanishdan butunlay voz kechgan birinchi mamlakat bo'ldi, deb yozadi Copenhagen Post.

Ushbu qaror mazkur vaktsina bilan emlanganlarda tromblar hosil bo'lishi holatlari bilan izohlanmoqda.

Daniya sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i Soren Brostrem mamlakatda kasallanish darajasi pastligi va muqobil vaktsinalar borligi sababli ushbu vaktsinadan voz kechishga qaror qilinganligini aytdi.

Daniya hukumati shuningdek, Johnson & Johnson vaktsinasi bilan emlangandan so'ng tromblar paydo bo'lishi to'g'risidagi xabarlardan keyingi vaziyatni ham kuzatmoqda. Daniya ushbu vaktsinaga 8,2 mln doza buyurtma bergan va dastlabki partiyasi chorshanba kuni etib keldi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™