Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:04
LoginA'zo bo'lish
Nikita Makarenko Alisher Qodirov uzatgan qo'lni javobsiz qoldirdi. Kim millatchi?

 15 APREL, 18:10 103

.

Alisher Qodirovning bloger Nikita Makarenkoga javobi

«Angren shina zavodi»da tashkil etilgan PRESS TUR boshlanishi arafasida O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Alisher Qodirov va bloger Nikita Makarenko o'rtasida kutilmagan holat yuz bergan.

Ko'plab jurnalist va blogerlar o'rtasida N.Makarenko o'ziga salomlashish uchun qo'l uzatgan A.Qodirovni "millatchi" deya haqoratlagan. Shu erda yig'ilganlar O'zMTDP Markaziy kengashi raisi Makarenkoni urib yuborarmikan, degan xayolga ham boribdi. Ammo, Alisher Qodirov og'irlik va vazminlik bilan javob qaytargan: 

«Biz uzoq yillar ular nima desalar ko'ndik. Indamasligimiz oqibatida tilimiz abgor bo'ldi. Endi til haqida gapira boshlasak, millatchiga aylandik. Agar ona tili haqida kuyinib gapirganlar millatchi bo'lsa, mayli men millatchiman!»

Aslida bu haqoratning boshlanishi Rossiya prezidenti V.Putinga borib taqaladi.

Bundan biroz avval “Rossiyada muhojirlarning farzandlari amalda rus tili va madaniyati muhitiga, imkoni boricha rus milliy qadriyatlariga to'liq singib ketishiga erishish kerak”, degan edi Putin.

Ushbu bayonotga javoban O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi A.Qodirov tomonidan aytilgan quyidagi so'zlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan:

"Bu rus milliy manfaatlari nuqtai nazaridan hurmat qilinishi kerak bo'lgan, to'g'ri fikr. Qaerda yashasang o'sha erga moslashasan. Yumshoqroq bo'lsang singib ham ketasan, albatta.Biz esa yuz yildan beri rus vatandoshlarimizga o'zbek tilini o'rgata olmaymiz. Aksincha, o'zbeklar farzandini rus tilida ta'lim olishga yo'naltirayotgani odatiylashib bormoqda. Toshkent shahrida o'zbek tilida o'qitilmaydigan maktablar soni ko'payib ketdi. Achinarlisi, bunday maktablarning 90 foizdan ko'p o'quvchilari o'zbeklardir.Bu qonunchilikdagi xato bilan bog'liq masala", deb fikr bildirgan edi. 

Bu so'zlarda A.Qodirov, avvalo, o'z ona-tilisidan or qilayotgan o'zbeklar va O'zbekistonda o'zbek tilini himoya qila olmayotgan qonunlar haqida kuyinib gapirgani yaqqol bilinib turibdi. Ikkinchidan, qonunlarimizdagi shunday kemtiklar haqida gapirish A.Qodirovning deputatlik burchi hisoblanadi.  Aslida 108 millat va elat yashaydigan ko'p millatli O'zbekistonda millatchilikning o'zi yo'q. Faqat tashqaridan etib kelayotgan missiyasini bajarish uchun tinch zamonni buzuvchi ayrim buzg'unchilar bor, xolos.

Manba: rost24.uz

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™