Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:17
LoginA'zo bo'lish
Xorijiy tadbirkorlarga O'zbekistonda hech qanday to'siqlarsiz tadbirkorlik bilan shug'ullanish huquq

 15 APREL, 17:05 63

.

Xorijiy tadbirkorlarga O'zbekistonda hech qanday to'siqlarsiz tadbirkorlik bilan shug'ullanish huquqi beriladi.

Bu haqda Adliya vazirligi mutasaddilari bilan AOKAda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

?Qayd etilishicha, Fuqarolik kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi 2 qism, 75 ta bob va 1 287 ta moddadan tashkil topgan.

⚖️ Loyihani tayyorlashda alohida qonunlarda va fuqarolik kodeksida mazmunan takrorlanadigan bir qator qoidalar (intellektual mulkka oid, yuridik shaxslar faoliyati tashkiliy masalalari va boshqalar) amaldagi Kodeksdan chiqarib tashlangan bo'lsa, shunday qoidalardan ayrimlari (masalan: lizing qoidalari) amaldagi qonunlardan kodeks loyihasiga ko'chirib o'tkazilmoqda.

?Shuningdek, xorijiy kompaniyalarga O'zbekistonda o'z filialini ro'yxatdan o'tkazib, hech qanday to'siqlarsiz tadbirkorlik (xo'jalik) faoliyati bilan shug'ullanish huquqini berish, mulk xususiy yoki davlatga tegishli bo'lishidan qatiy nazar bir xil huquqiy himoya belgilash, Davlat reestriga kiritilgan ma'lumotga ishonib mulkni sotib olgan mulkdordan, ilgarigi sotuvchi tomonidan qandaydir huquqbuzilishga yo'l qo'yilgan bo'lsada mulkni qaytarib olinmasligi hamda mulk huquqining himoyasini ta'minlashga qaratilgan boshqa yangi qoidalarni joriy etish nazarda tutilmoqda.

? Yana bir yangilik bu fuqarolik qonun hujjatlarini virtual makon (internet)da vujudga keladigan munosabatlarga ham tatbiq etish, elektron yoki boshqa texnik vositalar yordamida tuzilgan bitimlarni yozma shaklga tenglashtirish, elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda tovarlarni sotishning, raqamli pul (kriptovalyuta) muomalasining asosiy qoidalari belgilanayotganidir.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™