Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:37
LoginA'zo bo'lish
Kusherbaev Olmaliqda ayollarni sudraganlar haqida: "Soliqchilarning bu ishi noto'g'ri"

 15 APREL, 14:35 63

.

Olmaliq shahrida soliq inspektsiyasi xodimlarining ayollar bilan qilgan xatti-harakatlari davlat idorasi xodimlarining ish uslubi va xizmat me'yorlariga zid. 

Soliq idorasiga fuqarolarning mol-mulkini o'zboshimcha, kuch ishlatish yo'li bilan tortib olish, zo'ravonlik qilish vakolati berilmagan. 

Nima bo'lganda ham har bir holatga sud tartibida baho berilgach, mol mulkka qaratilishi, fuqaro majburiy keltirilishi mumkin. Lekin buniyam soliqchi qilmaydi. 

Bunga yo'l qo'yish soliqchilar tomonidan inson huquqlarining buzilishi, deb baxolanishi shart. 

Soliq idorasi vakillari qonunga itoatkorlikda namuna bo'lish o'rniga o'z harakatlari bilan fuqarolarga qonunsizlik, zo'ravonlik namunasini ko'rsatgan.  

Biz bunday harakatlarini keskin qoralaymiz va prokuraturadan vaziyatga xolis baho berilishini nazorat qilishlarini so'raymiz. 

Rasul Kusherbaev, deputat  

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™