Xayirli tong, Guest!
Soat: 06:51
LoginA'zo bo'lish
Qashqadaryoda 14 yoshli qizdan foydalanib, jinoyat sodir etgan yigit qo'lga olindi

 15 APREL, 13:10 66

.

Qashqadaryo viloyati. 2021 yilning 03 aprel kuni fuqaro 39 yoshli Q.Oybek Qamashi tuman IIB boshlig'i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 01 aprel kuni soat 09:30 larda 18 yoshli B.Mirzohid uning uyida hech kim yo'qligidan foydalanib, voyaga etmagan qizi 14 yoshli M.Madinaga yashash uyidan pullarini olib chiqib berishini aytib, jami 7 300 AQSh dollar pullarni aldov yo'li bilan qo'lga kiritganligini ma'lum qilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, B.Mirzohid Q.Oybekni daromadli joyda ishlashidan xabar topib, uning voyaga etmagan qizi 8-sinf o'quvchisi M.Madinani aldab, u bilan gaplashib yurib, uyidagi pullarini olib chiqib bersa yana o'rniga qo'yishga va'da qilib ushbu jinoiy rejasini amalga oshirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan B.Mirzohidga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, undan 6 000 AQSh dollar pul mablag'lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™