Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:34
LoginA'zo bo'lish
Zlatan Ibragimovich 3 yilga futboldan chetlatilishi mumkin

 15 APREL, 12:10 80

.

«Milan» va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich FIFA va UEFA tomonidan belgilangan qoidalarni buzgani uchun uzoq muddatga futboldan chetlatilishi mumkin.

Qayd etilishicha, 39 yoshli futbolchi 2018 yildan beri Bethard bukmekerlik idorasining 10 foiz ulushiga egalik qiladi. U to'liq o'ziga tegishli bo'lgan Unknown AB firmasi orqali kompaniya huquqlariga egalik qilib kelgani aytilmoqda.

FIFA va UEFA qoidalariga bo'yicha agar ma'lum futbolchi bukmekerlik idoralariga aloqasi bo'lsa, o'yinchi tashkilotlar nomidagi musobaqalarda ishtirok eta olmaydi. Ibragimovich «Milan» safida Evropa Ligasida o'ynaganida va JCh—2022 saralashi doirasidagi uchrashuvlarda Shvetsiyaga terma jamoasiga qaytganida ushbu qoidani buzgan.

"Bethard"dagilar Ibragimovichning hamon kompaniyada o'z ulushiga egalik qilishini tasdiqlagan.

Reglamentni buzgani uchun forvard 100 ming evrogacha jarimaga tortilishi va 3 yilgacha futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlatilishi mumkin.

Qayd etish joiz, Bethard Shvetsiya terma jamoasining Gruziya va Kosovoga qarshi Ibragimovich ishtirok etgan o'yinlariga «stavka»larni taklif qilgan. Shuningdek, Bethard’da muntazam ravishda A Seriya o'yinlariga ham pul tikish mumkin. Mavjud manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida Shvetsiya futbol federatsiyasi ham bir necha yillardan buyon xabardor.

FIFA va UEFAning vaziyatga izoh berishdan bosh tortgani aytilmoqda.

Zlatan Ibragimovich Italiya chempionatining 2020/21 yilgi mavsumida 17 o'yin o'tkazib, 15 ta gol va 2 ta assistga mualliflik qildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™