Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:53
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Namanganda 50 yoshli ayol jinoyat ustida qo'lga olindi

 15 APREL, 12:00 72

.

Namangan viloyati. 2021 yilning 10 aprel kuni 50 yoshli N.Madina  Namangan shahar 5-kichik tumanida joylashgan “Yashil dehqon bozori”da bo'la turib, u erga xarid uchun kelgan fuqaro 36 yoshli A.Ra'noning yonidagi bolalar aravachasidan “Samsung J 7” rusumli telefon apparati va 445 000 so'm pullarini yashirin ravishda o'g'irlab olayotganida, buni A.Ra'no ko'rib qolib, telefonini tortib olishga uringan vaqtida N.Madina uni qo'li bilan itarib yuborib, hayoti uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatib, 445 000 so'm pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib hodisa joyidan qochib ketayotganida ushbu hududda xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan qo'lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan N.Madinaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.    

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™