Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:02
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Kasbi tumanida kredit mablag'ini talon-toroj qilgan MChJ rahbari aniqlandi

 15 APREL, 09:35 70

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan AT “Xalq bank” Kasbi filialining murojaatiga asosan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.Q.” MChJ rahbari D.V. chorva mollariga ozuqa em mahsulotlari sotib olish maqsadida bank filialidan ajratilgan kredit evaziga 817,6 tonna ozuqa mahsulotlarini import qilib, ushbu mahsulotlarni belgilangan maqsadlarda foydalanmasdan naqd pulga sotib yuborib, 753,6 mln so'm kredit mablag'larini talon-toroj qilganligi aniqlangan. 

Bundan tashqari, tekshiruvda D.V. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uning yirik shohli qora mollarini sotuvidan tushgan 138 mln so'm pul mablag'larini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganligi ma'lum bo'lgan.

Mazkur holat yuzasidan D.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.   

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™