Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:05
LoginA'zo bo'lish
Kiev havo ifloslanishi bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinni egalladi

 14 APREL, 20:25 71

.

Ukraina poytaxti Kiev havo ifloslanishi bo'yicha dunyo shaharlari orasida ikkinchi o'rinda turadi. 

13 aprel «Glavred» nashri Iqair ekologik manbasi ma'lumotlariga ko'ra, soat 13:00 ga qadar Kievda havo ifloslanishi ko'rsatkichi 155 tani tashkil etib, ruxsat etilgan me'yordan uch baravar oshgan. 

Kievdan oldin birinchi o'rinda Katmandu (Nepal), keyingi o'rinlarda xitoy shahrlari bo'lgan Uxan va Guanchjou turadi.

Fevral oyida Ukraina poytaxti dunyodagi eng iflos havoli 20 ta shahar ichiga kirgan. Oltingugurt dioksidi darajasi me'yordan uch baravar, azot dioksidi esa besh-etti baravar oshgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™